Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson salomatligi har narsadan muhim (+video) 
18:05 / 2024-12-13

Is gazidan zaharlanish inson organizmiga gaz kirishi oqibatida rivojlanadigan o‘tkir patalogik holat bo‘lib, hayot va salomatlik uchun xavflidir.

Joriy yil boshidan buyon 32 nafar inson is gazidan zaharlangan. To‘g‘ri, bu ko‘rsatkich o‘tgan 2023 yilning mos davriga nisbatan bir muncha ozdir ammo inson hayoti va daxlsizligi, salomatligi har nedan ustun. 

Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida harbiy xizmatchi xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirokida is gazidan zaharlanish, undan kelib chiquvchi og‘ir oqibatli holatlar bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. 

—Tashkil etilayotgan bunday targ‘ibot tadbirlari aholini yana bir karra hushyorlikka undaydi. Qolaversa, qish mavsumini betalafot o‘tkazishda fuqarolarga oz bo‘lsada o‘rnak va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatli holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi,—deydi tezkor bo‘linma boshlig‘i Temur Tursunboyev. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MZtahXwKEDw" title="Inson salomatligi har narsadan muhim" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, O‘zA