Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar hrm.argos.uz platformasida yuritiladi
15:10 / 2023-09-29

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Davlat boshqaruvi akademiyasida maxsus o‘quv tashkil etildi.

O‘quvda “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyati hamda inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlarni hrm.argos.uz platformasida shakllantirish va yuritish tartibi bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

Ochilish marosimida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov mas’ullar bilan muloqot qildi. Yagona elektron axborot tizimining asosiy prinsiplari yuzasidan muhim ma’lumotlarni berdi.

Ta’kidlash joizki, yuqoridagi qaror bilan hrm.argos.uz elektron platformasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. 2023 yil 1 noyabrdan davlat organlari HRga oid hujjatlarni yagona — hrm.argos.uz platformasida shakllantirish va yuritish belgilangan.

Kadrlarga oid hujjatlar my.mehnat.uz (davlat organi tuzilmasi, mehnat shartnomalari, qo‘shimcha bitimlar, vakansiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar), edo.ijro.uz (ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun, UzASBO (ish haqi va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun zarur ma’lumotlar) tizimlariga avtomatik yuboriladi.

Yangi tizim — HR MANAGERda inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan 10 ga yaqin funksiya mavjud bo‘lib, hrm.argos.uz dasturi hisobotlarni avtomatik shakllantiradi. HR bo‘linmalari iqtisod qilingan 40 foiz ish hajmini ham xodimlarni rivojlantirishga sarflaydi.

hrm.argos.uz platformasi to‘liq joriy qilinganda inson resurslarini boshqarishda quyidagi imkoniyatlarni beradi. Ya’ni, vakant lavozimlar monitoring qilinadi. Tuzilmalar, shtatlar, bo‘linma va shtatlar, xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yagona bazada to‘planadi. Xodimlar davomati, tabeli, xizmat safari, mehnat ta’tili, mehnatga layoqatsizlik davri elektron qayd etiladi. Kadrlarga oid hujjatlar ERI (Elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlangan holda, faqat tizim orqali qabul qilinadi. Xodimlar faoliyati samaradorligini baholash imkoniyati yaratiladi. Avtomatik shakllangan ma’lumotlarni tahlil qilish vaqti 70 foizga qisqaradi. Qog‘oz sarfi 90 foizga qisqaradi.

O‘quv ishtirokchilariga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ullari tizimning qator qulayliklari haqida ma’lumot berdi. Platformani yuritish tartibi bo‘yicha taqdimot qilindi, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

O‘zA