Inson resurslarini boshqarish faoliyati raqamlashtirilmoqda
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro hokimliklaridagi inson resurslarini boshqarish faoliyatini to‘liq raqamlashtirish maqsadida hrm.argos.uz elektron dasturi ishga tushirildi.
Hozirda mazkur elektron tizimga 4 mingga yaqin tashkilotlar ulangan bo‘lib, agentlik va “UZINFOCOM” hamkorlikda tizimda ishlash bo‘yicha inson resurslarini boshqarish xodimlari uchun grafik asosida seminarlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro hokimliklaridagi inson resurslarini boshqarish xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Unda kadr ishini raqamlashtirishning ahamiyati, elektron dastur bilan ishlash mexanizmlari tushuntirildi.
O‘zA