Inson qadri va mehnati ulug‘langan yurt! (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoniga binoan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazi boshlig‘i — Umar Boliyev “Mardlik” ordeniga sazovor bo‘ldi.
U o‘z xursandchiligini shunday ifodalaydi:
“Bugun IIV O‘quv-dala markazi tomonidan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida uzluksiz ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mana shu kamtarona yutug‘imizni yuksak baholab, davlat mukofotiga loyiq ko‘rgan muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildiraman!”.
Batafsil:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gc_n6UROSrM" title="Inson qadri va mehnati ulug‘langan yurt!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
M.Eshmirzayeva, I. Ismatov, O‘zA