Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson qadri ulug‘langan, muqaddas oy shukuhi
14:25 / 2026-02-27

Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi

Yurtimizda muborak Ramazon oyi fayzi va barakasi har bir xonadonga kirib, qalblarga mehr-oqibat, bag‘rikenglik va shukronalik tuyg‘ularini ulashmoqda. Bu oy — nafaqat ibodat, balki inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmandlarga ko‘mak berish, jamiyatda ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash oyidir.

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 16-fevralda qabul qilingan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror hamda “Har bir xonadonga Ramazon shukuhini olib kirish” ezgu tashabbusi bu boradagi ishlarga yanada keng quloch baxsh etdi. Hujjat ijrosi doirasida joylarda xayr-ehson tadbirlari tizimli yo‘lga qo‘yilib, manzilli ko‘mak ko‘lami izchil kengaymoqda.

Jumladan, G‘allaorol tumanidagi “Qo‘ytosh”  shahar fuqoralar yig‘ini, Oqtosh hamda Ko‘kbuloq mahallalarida ehtiyojmand oilalar holidan shu hudud masjidi imomlari, SHFY va MFY raislari hamda “mahalla yettiligi” tomonidan xabar olindi. Ularning yashash sharoiti o‘rganilib, saxovatpesha homiylar tomonidan ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik zarur uy-ro‘zg‘or buyumlari oilalarga yetkazib berildi.

Ayniqsa, mahallalar masjidlari imom-xatiblari homiylar ko‘magida jamlangan saxovat yordamlarini tuman hokimligi vakillari bilan birgalikda ehtiyojmand xonadonlarga yetkazib, xayr-ehsonning asl ma’no-mohiyatini amalda namoyon etdilar. Ular har bir oila bilan samimiy suhbat qurib, Ramazonning fazilatlari, sabr va shukronalikning ahamiyati haqida ma’rifiy tushunchalar berdi. Bu esa nafaqat moddiy, balki ma’naviy qo‘llab-quvvatlashning ham yorqin namunasi bo‘ldi.

Xonadonlarda o‘tkazilgan muloqotlar davomida fuqarolarning dardu tashvishlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Zero, Ramazon oyida qilingan har bir ezgu amal inson qalbida umid va ishonchni mustahkamlaydi.

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar insonparvarlik, saxovat va bag‘rikenglik kabi yuksak qadriyatlarning hayotimizda mustahkam qaror topayotganini ko‘rsatmoqda. Muqaddas oyning shukuhi, eng avvalo, inson qadri ulug‘lanayotgani, ehtiyojmandlar holidan xabar olinayotgani va imom-xatiblar, mahalla yettiligi hamda homiylar hissasi orqali amalga oshirilayotgani bilan yuksak ahamiyat kasb etadi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri