Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson qadri uchun
15:06 / 2025-04-15

Qaror va ijro

Prezidentimizning 2022 yil 16 iyunda qabul qilingan “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida aholiga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy xizmat sifatini rivojlantirish, ayniqsa, davolash-profilaktika muassasalari moddiy-texnik imkoniyatlarini mustahkamlash borasida qator muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. 

Mazkur qaror ijrosi doirasida Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi “O‘zbakon” hamda Buxoro tumanidagi “Sheyxoncha” tez tibbiy yordam tayanch punktlari viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi  va mahalliy homiylik yordamlari asosida qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Har biri 10 mingdan ziyod aholi vakiliga tibbiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bu muassasalarda xodimlarning ish sharoitlari barobarida aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifati yaxshilanmoqda.

Shuningdek, G‘ijduvon tumanida tez tibbiy yordam xizmati podstansiyasining yangidan qurib jihozlangan binosi ishga tushirildi. Mazkur “G‘ijduvon-2” podstansiyasi tumandagi 65-sonli umumta’lim maktabi binosida joylashgan bo‘lib, bunda mukammal ta’mirlash ishlari tuman mahalliy byudjeti va homiylar hisobidan olib borilib, shart-sharoit yaratildi.

Xuddi shunday, tez tibbiy yordam shoxobchasi faoliyati Qorovulbozor tumanidan o‘tgan “A-380” avtomagistral yo‘li bo‘ylab yangidan tashkil etildi. Endilikda ushbu tibbiy brigada tuman hududidan o‘tuvchi 34 kilometr masofadagi magistral yo‘l bo‘ylab haydovchi va yo‘lovchilarga, favqulodda ro‘y beradigan yo‘l-transport hodisalaridan jabrlanganlarga, shuningdek, hududdagi mahalla bo‘ylab avtomagistralga yaqin aholi vakillariga tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniga ega.

Viloyatning mazkur hududlarida ochilgan tibbiyot maskanlarni foydalanishga topshirish tadbirlarida respublika Tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvohidjon G‘afurov, shuningdek, tumanlar hokimligi va tibbiyot birlashmalari mutasaddilari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar so‘ngi yillarda davlat rahbari tashabbusi bilan viloyat tibbiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi xususida to‘xtalib, mazkur tibbiyot maskanlari ahamiyati borasidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.