Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Inson qadri uchun": tibbiy ko‘rik, sayyor qabul, jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi
17:10 / 2022-08-06

Prezidentimizning tibbiyot sohasi vakillari bilan joriy yil mart oyida o‘tkazgan “Ochiq muloqoti”da belgilangan topshiriq va bildirilgan tashabbuslarning manzilli ijrosini ta’minlash, aholiga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga quyish maqsadida Sog‘liqni saqlash vaziri tashabbusi bilan hududlarda "Inson qadri uchun" shiori ostida tibbiy ko‘rik, sayyor qabul, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda.

Unda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining yetakchi mutaxassislari ham jalb etilib, ular tomonidan aholining salomatligi o‘rganilib, jiddiy muammo kuzatilgan fuqarolarga amaliy yordam berish ishlari boshlab yuborilgan.

Ushbu tashabbuslar davomi sifatida ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning 70 dan ortiq yetakchi mutaxassisi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov boshchiligida Sirdaryoga tashrif buyurdi.

Ular viloyatning 3 ta shahri, 8 ta tumaniga bo‘linib, davolash profilaktika muassasalarining yetakchi mutaxassislari va sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida ishlayotgan tor soha mutaxassislari hamrohligida 3- va 4-xavf guruhiga kirgan aholi vakillari sog‘ligini "mahallabay" tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini boshlab yubordi.

Tibbiy ko‘rikning ilk kunida 554 nafar salomatliklari bilan bog‘liq muammolari borligi sabab, nazoratda turgan bemorlar salomatligini o‘rganib chiqib, yotoq holda yotgan, yuqori texnologik tibbiy yordamga muhtoj bemorlarning ro‘yxati shakllantirildi.

Statsionar sharoitida davolanishi kerak bo‘lgan bemorlar 3 toifaga bo‘linib, shifoxonalarga taqsimlandi. Jumladan, 71 nafar bemor tuman, 30 nafar bemor viloyat va 12 nafar og‘ir bemor Respublika darajasidagi shifoxonalarda davolanishga yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, Guliston shahridagi 4 ta shifoxonada Toshkentdan kelgan mutaxassislar tomonidan 23 nafar bemorda yuqori texnologik amaliyotlar o‘tkazildi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida tunu-kun ishlaydigan shtab tashkil etilib, joylarda amalga oshirilayotgan tibbiy ko‘rik natijalari jamlab borilyapti. Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar qayd etilib tegishli tartibda o‘rganib chiqish va ularga amaliy yordam berish choralari ko‘rilyapti.

Shuhrat Suyarov, O‘zA