English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Inson qadri» loyihasi doirasida ehtiyojmandlar holidan xabar olinmoqda
17:32 / 2022-05-24

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda «Inson qadri» loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasidagi tadbirlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, boquvchisini yo‘qotgan ayollar hamda ishsiz yoshlar masalalarini hal etish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» tarkibiga kiruvchi ehtiyojmandlar uchun 24 milliard 872 million so‘m miqdorida pul mablag‘lari o‘tkazilgan.

Shuningdek, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida farzandlarining yolg‘iz boquvchisiga aylangan ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida aliment oluvchilari fuqarolar beg‘araz tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va muolaja qilish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar «Inson qadri» loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Toshkent shahar bo‘limi, Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi, “Intermed Innovation” tibbiyot markazi bilan hamkorligida amalga oshirilyapti.

Maftuna Karimova, O‘zA