English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson organizmidagi kasalliklar oziq-ovqat iste’moliga qay darajada bog‘liq?
07:27 / 2022-02-24

bugungi yoshlar

Samarqand davlat universiteti va Yaponiyaning Kogakuin universiteti doktoranti Behzod Xudoyqulov “Biologik faol moddalarda molekulyar klasterlar paydo bo‘lishi mexanizmi va jarayonning tebranish spektrida namoyon bo‘lishi” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

Tadqiqotga professor Xiromitsu Takaba hamda SamDU optika kafedrasi mudiri, professor Abduvohid Jumaboyev ilmiy rahbarlik qilyapti.

– Izlanishimiz inson organizmida vujudga keladigan turli kasalliklar ildizi bilan bog‘liq, – deydi B. Xudoyqulov. – Hozirgi tez o‘zgaruvchan davrimiz turli yangilik, o‘zgarishlar qatori ayrim muammolarni ham keltirib chiqaryapti. Xususan, insonlarda yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘layotgan turli xil kasalliklarning aksariyati oziq-ovqat iste’moli tufayli vujudga kelmoqda. Hayot uchun muhim bo‘lgan ozuqa tarkibidagi oqsil moddalar energiyaning asosini tashkil etadi. Tarkibidagi biologik unsurlar esa oqsilning shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Biz ana shu oqsillar tarkibidagi biologik ob’ektlar va inson tanasidagi suv hamda boshqa faol moddalarning o‘zaro ta’sirlashuv jarayonini tadqiq etyapmiz. Maqsadimiz turli xil xastaliklar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish. Qolaversa, tadqiqot davomida vodorod va stiking bog‘lanish orqali turli klasterlar hosil bo‘lishi nazariyasi yaratishni ham niyat qilganmiz.

Mazkur tadqiqot doirasida 30 dan ortiq xalqaro va “Scopus” bazasidagi ilmiy jurnallarda maqola chop ettirgan Behzod Xudoyqulov 2 o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi hamda ingliz tilidan xalqaro IELTS va yapon tilidan NAT sertifikati sohibi. Ilmiy jamoatchilik yosh mutaxassisning sa’y-harakatini diqqat bilan kuzatib boryapti. Zero, bu ish tufayli ayrim kasalliklarning oldi olinishi, insonlar sog‘lom turmush kechirishi uchun zarur ilmiy manba yaratilishi kutilmoqda.

 

Otabek Sa’dullayev,
SamDU axborot xizmati xodimi,
Shavkat Akramov (surat)

O‘zA