Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson omilidan xoli tizim yaratiladi
10:08 / 2023-12-04

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Boshqarma xodimlari, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zolari, OAV vakillari va talabalar ishtirok etgan tadbirda viloyat soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda boshqarma shaxsiy xavfsizlik shu’basi xodimlari tomonidan soha xodimlarining o‘z vakolati doirasida qonuniy faoliyat olib borishi, korrupsiya va shu kabi boshqa huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi borasida doimiy targ‘ibot-profilaktik tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.

[gallery-14875]

– 2023 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida jami 122 ta ana shunday o‘rganish va tekshiruvlar o‘tkazilgan, – deydi Shaxsiy xavfsizlik shu’basi bosh inspektori Begzod Yo‘ldoshev. – Soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish, poraxo‘rlik, ta’magirlik kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va soliq tizimini nopok xodimlardan tozalash borasida 113 marotaba yig‘ilish va seminar o‘tkazilib, 91 nafar xodim bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Darhaqiqat, soliq tizimida elektron xizmatlar ko‘lamining kengaytirilayotgani, inson omilini aralashtirmagan holda xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilayotgani sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirishga xizmat qilmoqda. Bu o‘z navbatida xizmat ko‘rsatishda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.  

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

 

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat),  

O‘zA muxbirlari