Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson mehnati va uning qadr-qimmati bebaho boylik sanaladi
11:16 / 2025-10-17

Prezident Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashdi. Ayni paytda davlatimiz rahbari nutq so‘zlab, soha vakillari bilan muloqot qilmoqda.

— Inson mehnati, uning qadr-qimmati qanday bebaho boylik ekanini sizlar hammadan ko‘ra yaxshi bilasiz, — dedi Prezident uchrashuvda.

Yurtimizda xalqparvar, ijtimoiy davlat qurish, inson qadrini ulug‘lash barcha islohotlarimizning bosh maqsadiga aylangan  hozirgi kunda ularning boy bilim va tajribasi juda muhim.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari har bir korxona va tashkilotga ishchanlik muhitini, mehnat jamoalariga rag‘bat va adolat ruhini olib kirayotgan kasaba uyushmalari faollariga chin dildan minnatdorchilik bildirdi.

Islohotlarning ilk kunlaridan “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani amalga oshirish uchun, avvalo, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga ustuvor e’tibor qaratildi.

Bu yo‘ldagi sa’y-harakatlar tufayli sakkiz yilda iqtisodiyotimizga 130 milliard dollar investitsiya kirib keldi, minglab yangi quvvatlar ishga tushirildi, millionlab doimiy ish o‘rni yaratildi.

Xususiy sektorga keng yo‘l ochilib, odamlarga munosib mehnat sharoiti yaratib berilgani uchun jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetdi.

O‘zA