Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Inson” markazining yangi binosi ishga tushdi
18:29 / 2025-04-13

Boyovut tumanida aholiga ijtimoiy xizmatlarni yanada sifatli va qulay tarzda taqdim etish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Muassasa tuman markaziga yaqin joylashgan bo‘lib, bino mukammal ta’mirlandi, zamonaviy jihozlar va xizmat ko‘rsatish tizimi bilan ta’minlandi. Markazning eng muhim jihatlaridan biri  imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun to‘liq to‘siqsiz muhitning yaratilganidir. Maxsus panduslar, keng va harakatni yengillashtiruvchi infratuzilma — barchasi inson qadrini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, markazga olib boruvchi Islom Karimov nomidagi ko‘cha joriy yilda inklyuziv ko‘chaga aylantirilishi rejalashtirilgan. Bu esa tuman aholisi uchun yanada keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

Yangi binoga ko‘chib o‘tgan markaz o‘z faoliyatini yanada samarali va tizimli tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Endi aholi “bir darcha” tamoyili asosida  nafaqa, moddiy yordam, uy-joy, ish bilan ta’minlash, nogironlikni aniqlash kabi muhim ijtimoiy xizmatlarni bir joyning o‘zida, qulay sharoitda olish imkoniga ega bo‘ladi.

Markazning ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Adham Bayzaqov, tuman hokimi Dilfuza O‘rolova, nuroniylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari mazkur markaz ijtimoiy himoya tizimida fuqarolar ehtiyojlarini o‘rganish va samarali yechim topishda muhim platformaga aylanishini ta’kidlashdi.  Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatishda shaffoflik va tezkorlik tamoyillari ustuvor ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri