French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson manfaatlari tamoyili – xalqimiz farovonligi uchun
15:17 / 2022-06-17

Har qanday davlat va jamiyatning poydevori uning huquqiy asoslariga bevosita bog‘liq. Chunki jahon sahnasida mavjud bo‘lish, boshqalar bu davlatni tan olishi uchun u huquqiy asoslari bilan maydonga kirib boradi.

Bu asoslarning xalqaro huquq normalariga mosligi, jamiyat rivojiga hamohang takomillashtirib borilishi esa davlatning barqarorligiga, uning taraqqiy etishiga xizmat qiladi.  

Shu ma’noda O‘zbekiston Konstitutsiyasi garchi xalqaro miqyosda tan olingan, normalarining umuminsoniy qadriyatlariga mosligi bilan e’tirof etilgan bo‘lsa-da, takomillashtirib borilayotgani jamiyat rivoji bilan bevosita bog‘liq.  

Darhaqiqat, keyingi besh yillikda jamiyatimizda shunday o‘zgarish va yangilanishlar ro‘y berdiki, ular umumiy asosda Bosh qomusimizga muvofiq bo‘lsa-da, ularni aynan ifodalay oladigan moddalar yetishmayotgan edi. Ayni paytda konstitutsiyaviy  islohotlar amalga oshirilayotgani shu jihatdan Asosiy qonunning yanada mukammalashuviga, xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga zamin yaratadi.  

Davlat idoralarining xalqqa xizmat qilishi, mansabdor shaxslarning xalq bilan bevosita muloqoti yo‘lga qo‘yilgani mamlakatimiz davlat boshqaruvida o‘ziga xos burilish yasadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Axir yaqin o‘tmishda xalqimiz faqat Prezidentni tanir, hatto o‘z hududidan saylangan deputatni esa yaxshi bilmas edi. bugungi kunda esa nafaqat deputat, senator, balki hokim, prokuror, sudya kabi lavozimdagi shaxslarni aholi yaxshi biladi.  

Aynan mana shu jarayon fuqarolarning murojaat qilish huquqi ta’minlanayotgani jamiyatimizda ro‘y bergan juda katta o‘zgarish. Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tobora kengayib bormoqda. Senator va deputatlar, vazir va hokimlar, barcha mansabdor shaxslar quyi bo‘g‘inga, mahalla darajasiga tushib, aholi bilan bevosita uchrashib, ularning muammolarini joyida hal etmoqda. 

Ushbu ijobiy o‘zgarishlarni, ya’ni xalq bilan muloqot tizimini Konstitutsiyada aks ettirish konstitutsiyaviy islohotlardan ko‘zlangan maqsadlardan biri bo‘ldi. Buni xalqimizning aksariyati qatori barchamiz qo‘llab-quvvatlaymiz.  

Insonning yashash, erkin yashash huquqi konstitutsiyaviy asosda mustahkamlangan muhim huquqlaridan. Biroq, mamlakatimizda “propiska” tizimi bilan bog‘liq muammolar tufayli ko‘plab yurtdoshlarimiz qiynalib yashagani sir emas.  

bugungi kunda esa yurtdoshlarimiz uchun mamlakatning xohlagan hududida emin-erkin yashash, uy-joy va ko‘chmas mulk sotib olish, fuqarolikka ega bo‘lish, bilim olish, mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, daromad topish, turli davlat xizmatlaridan foydalanishga oid keng imkoniyatlar yaratildi. 

Inson huquqlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadigan sud tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, nazorat instansiyasi bekor qilinib, fuqarolar va advokatlarning shikoyatlari ham, xuddi prokuror protesti kabi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘riladigan tartib o‘rnatildi. Advokatlarning vakolatlari kengaytirilmoqda. 

Bu ijobiy yangilanishlar inson manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson manfaati tamoyili bosh o‘ringa chiqayotgani esa tahsinga loyiq. Ya’ni  «davlat – jamiyat – inson» tamoyilini «inson – jamiyat – davlat» deb o‘zgartirish bo‘yicha davlatimiz rahbarining taklifi juda o‘rinli. 

Shirin Hamdamova,  

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 

YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi dotsenti. 

O‘zA