Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson manfaati, farovonligi, mol-mulki va qadr-qimmatining himoyasi ta’minlanmoqda
11:30 / 2023-03-29

Mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy va huquqiy hayoti kunda juda muhim o‘zgarishlar arafasida turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumini 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilishi ma’qullandi.

Referendum – demokratiyaning shakli, davlatning butun hududidagi aholisining muhim masalalar bo‘yicha ovoz berishi demakdir. Referendum alohida jamiyat va davlat ahamiyatiga molik masalani hal qilish uchun umumxalq ovoziga, so‘roviga qo‘yishdir. Bu bevosita demokratiyaning muhim instituti bo‘lib, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirishni o‘zida aks ettiradi.  

Referendum saylovlardan farq qiladi, ya’ni u shaxslarni belgilangan mansabga saylashni emas, balki davlat va jamiyat ahamiyatiga molik ishlarni, Konstitutsiyaga, qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalarini hamda ichki va tashqi siyosiy muammolarni hal etishni maqsad qilib qo‘yadi.  

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamalarida jami 222 715 ta taklif kelib tushgan va ularning 25 foizi loyihaga kiritilgan. Loyihani tayyorlashda 400 dan ortiq xalqaro hujjatlar, 190 ga yaqin davlat tajribasi o‘rganilgan. Konstitutsiya moddalari 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalar 275 tadan 434 taga oshgan.  

Yuqoridagi raqamlardan xalqimiz ushbu qonun loyihasiga befarq emasligini anglash mumkin. Asosiy qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar inson manfaati, farovonligi, munosib hayot kechirishi, mol-mulki, sha’ni va qadr-qimmati himoyalangani hamda hech narsa insonni kamsitish uchun asos bo‘lmasligi kabi normalar mustahkamlab qo‘yilayotganining dalilidir.  

So‘nggi vaqtlarda og‘riqli holatlardan biri bo‘lib kelgan mulk daxlsizligi va u bilan bog‘liq huquqlarning ta’minlanishi davlat tomonidan kafolatlanishi, mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori asosida bo‘lishi mustahkamlanmoqda.  

 

Nozimjon EGAMOV,  

Farg‘ona viloyat sudining sudyasi