Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson ma’naviyati ko‘zgusi
14:52 / 2024-06-15

Kitoblar barcha zamonlar uchun eng zarur narsa, qalblar malhami, bilimlar xazinasi, donishmandlik chashmasi bo‘lgan bo‘lib kelgan. Kitob insoniyat va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismi bo‘lib, insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarda kishilarni tarbiyalash, ularning aqliy rivojlanish vositasi bo‘lib kelmoqda. Kitob barcha sohaga oid ma’lumotlarni to‘plash, saqlash usuli sifatida katta ahamiyatga egadir.

Inson tafakkurining rivojlanishida kitob va yozuv doimo hamroh bo‘lgan. Insoniyat yaratgan muomala vositalari ichida eng ishonchlisi, eng qulayi bu kitobdir. Kitob  kishilarga insoniyat erishgan yutuqlarni bilish imkonini beradi. Shuning uchun kitob va kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor  bugunga kelib har qachongidan ham muhimroq ahamiyat kasb etmoqda.  

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 7 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda kitobxonlik harakatining rivojiga, mutolaa madaniyatining o‘sishiga kuchli turtki berdi. Qarorga asosan axborot-kutubxona faoliyatini   rivojlantirishning maqsad va vazifalari aniq belgilab berildi.  

Axborot-kutubxona  markazlarining ijtimoiy ahamiyatiga molik   axborotlardan keng foydalanishni ta’minlash, yoshlarda kitob o‘qishga  qiziqishni kuchaytirish, jamiyatda muhim va ishonchli axborotlarni   tarqatish  borasidagi rolini yanada yuksaltirish imkonini beradi. Bu o‘z  navbatida xalqimiz ehtiyojlari uchun juda ko‘plab va rang-barang asarlarni   kitobxonlar ommasiga yetkazish imkonini beradi. Insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli bo‘lishining muhim omili bu kitobga do‘st bo‘lishi.  

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Axborot-resurs markazi ham o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, kutubxona faoliyatiga oid qonun va normativ hujjatlar, Ilmiy kengash qarorlari va o‘z Nizomiga asoslanib, matbaa adabiyotlari va elektron shakldagi axborot resurslaridan foydalanish tartibida olib boradi.  

ARMning umumiy fondi 49 ming 578 nomdagi 222 ming 962 nusxa adabiyotlardan iborat bo‘lib, yildan-yilga boyitib boriladi.  

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qonunchilik me’yorlari asosida Axborot-resurs markazi fondidagi barcha o‘quv va ilmiy adabiyotlarni elektron kutubxona platformasiga o‘z vaqtida to‘liq kiritilishini ta’minlash belgilangan. Mazkur vazifa yuzasidan bugungi kunga qadar 20 ming 600 nomdagi adabiyotlar elektron platformaga joylashtirildi.  

Bugungi kunda markazimizda talabalar va mustaqil izlanuvchi kitobxonlarimiz uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yordami bilan ACM Digital Library https://dl.acm.org/, Bookshare  Benetech https://www.bookshare.org/cms/, e-Duke Journals Scholarly Collection https://read.dukeupress.edu/ EIFLxalqaro konsorsiumiga a’zolik doirasidagi bazalar bilan shartnomalar tuzildi.  

Shuningdek, https://www.sciencedirect.com/, https://webofscience.com xalqaro elektron bazaga ulanib, foydalanuvchilar uchun kirish imkoniyati yaratildi.  

Joriy yilning 15-17 may kunlari Jizzax shahrida axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar, nashriyotlar, arxiv va muzeylar rahbarlari, soha mutaxassislari, olimlar, o‘qituvchilar, jamoat arboblari, vazirlik hamda idoralar vakillari ishtirokida “Central Asia – 2024” Xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi. Unda universitet Axborot-resurs markazi xodimlari ham faol ishtirok etib qaytdi.  

Axborot-resurs markaziga oid elektron darsliklar, ma’lumot, yangilik va e’lonlarni instagram, telegram ijtimoiy tarmoqlari orqali kuzatib borish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.  

Malika NIG‘MONOVA,  

O‘zbekiston davlat jismoniy  

tarbiya va sport universiteti  

ARM rahbari  

O‘zA