Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson – insonga ko‘zgu
10:44 / 2025-11-21

Xalqimiz azal-azaldan odob-axloq, tarbiya masalasiga jiddiy yondashgan. Shuning uchun ham ehtimol, Buxoriy, Termiziydek ulug‘ allomalar aynan bizning yurtimizdan yetishib chiqqan. Insoniyatga ma’naviy merosi bilan ma’rifat ziyosini hamon ulashib kelayotgan bunday buyuklar bizda talaygina.

Biroq nazarimda, bugungi kunda ma’naviyatimizga biroz putur yetayotgandek.  Xalqimiz: “Salom odobning bir ko‘rinishi”, deydi. Bugun ustoz o‘quvchining salom bermasligidan nolisa, ba’zilar salomiga alik olmaganlardan ranjiydi. Aslida, tabassum bilan berilgan birgina salom va shunga yarasha tabassum bilan olingan alik kishi ruhiyatiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir qiladi. Shuningdek, muqaddas kitoblarda ham salom berish qarz ekanligi aytiladi.  

Tushlikdan qaytayotib, bir tanishimizga duch kelibmiz. Ko‘zim ojizligi sababli buni bilmasligim tabiiy. Meni yetaklab kelayotgan, bizdan bir kurs past ukamiz unga salom berdi. Men ham shunday qildim. Shunda kursdosh hamrohimning mazaxomus kulgisi eshitildi. Hayron bo‘lib sababini so‘rasam, biz salom bergan bola mendan bir yosh kichik ekan. Shuning uchun kulayotgan emish. Garchand, uning fe’l-atvorini yaxshi bilsam-da, negadir bu ko‘nglimga juda og‘ir botdi. Nahotki, salom berish kulgili holat bo‘lsa!? Ma’naviyatimiz qachon bu darajaga kelib ulgurdi?

Sherbek Islomov, O‘zA