Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi
18:15 / 2023-12-27

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar guruhlari ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, Payariqda tuman hokimi I.Jabborov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i X.Nazarov va jamoatchilik vakillari ishtirokida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. 

Yangi va zamonaviy jihozlangan ushbu markaz binosida fuqarolar hamda xodimlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 

Endilikda bu binoda ijtimoiy xizmat va yordamlarning 30 turi, jumladan, nogironlikni belgilash, protez-ortopediya bilan ta’minlash, sanatoriylarga yuborish, psixologik yordam va ijtimoiy nafaqa tayinlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. 

G.Boboyeva,O‘zA