FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida aholiga sifatli va qulay ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zamonaviy “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etib, mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, inson manfaatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
[gallery-26123]
Markazda aholi uchun qator xizmat turlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, pensiya, nafaqa, moddiy yordam, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ko‘mak, ish bilan ta’minlash, psixologik va yuridik maslahat xizmatlari “yagona oyna” tamoyili asosida ko‘rsatiladi. Shuningdek, bu yerda fuqarolar murojaatlarini elektron tarzda qabul qilish, ma’lumotlar bazasi orqali avtomatik tarzda ko‘rib chiqish imkoniyati yaratilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA