Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
19:33 / 2025-11-07

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari Romitan tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish davomida markaz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, yaratilgan shart-sharoitlar va amalga oshirilayotgan loyihalar batafsil ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10 noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalarni elektron shaklda tayinlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi holati muhokama qilindi.

Mazkur tizim orqali “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, yolg‘iz yashovchi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, Romitan tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolarning “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritilish holati tahlil qilindi.

Tumanda 18 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar “Mehr daftari” tizimiga to‘liq kiritilgan bo‘lib, shulardan 4 nafari (18–23 yosh) uy-joy bilan ta’minlangan. Ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan 397 nafar bolaga vasiylik va homiylik belgilangan. Ularning 263 nafari vasiylikda, 99 nafari homiylikda, 10 nafari patronat, 25 nafari hamrohlikda, qolgan 7 nafar bolaga vasiy tayinlash jarayoni davom etmoqda.

Shuningdek, “Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida tuman prokuraturasi, IIB, “Inson” markazi, Xalq ta’limi bo‘limi va Tibbiyot birlashmasi hamkorligida 115 marotaba davra suhbatlari va profilaktik uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuv yakunida deputatlar “Inson” markazi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va aholining ijtimoiy himoyasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.