Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson huquqlari oliy qadriyat
11:36 / 2023-06-10

Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida o‘tkazilayotgan “Inson huquqlari oliy qadriyat”, “Mehnat huquqlarini o‘rganamiz” aksiyalari doirasida ommaviy sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Aksiya doirasida Shofirkon tumani “Qalmaqon” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda mas’ullar tomonidan aholining muammolari tinglandi. Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi.

Xususan, fuqaro J.Hojiyevning suv o‘lchagichni qayta ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha murojaati mutasaddilar tomonidan ijobiy hal etildi. Shuningdek, qabulda qatnashgan fuqarolarning 30 dan ortiq murojaatlari tinglandi. 10 dan ortiq murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi. 15 davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Aksiya doirasida Shofirkon tumanidagi 10 dan ortiq korxona, muassasa, tashkilotlar xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti ham tashkil etildi. Unda yangi tahrirdagi Konstitutsiya hamda Mehat kodeksining mazmun-mohiyati bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Zarif Komilov, O‘zA