Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson huquqlari - oliy qadriyat
17:38 / 2023-02-27

Navoiy davlat pedagogika institutida viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalari va talabalar ishtirokida “Inson huquqlari - oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Yurtimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichida belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida 2023 yil 7 fevralda “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan edi. Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.  

Qarorda joriy yilning fevral oyida mamlakatimizda “Inson huquqlari” haftaligini o‘tkazish, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi davlat ta’lim muassasalarida “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga alohida e’tibor qaratilgan holda yoshlar ishtirokida “Inson huquqlari — oliy qadriyat” mavzusida turli darajadagi ma’rifiy anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilandi.  

Tadbirda viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalari Ibodat Shoymardonova va Nodirjon Rasulovlar so‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik hamda tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.  

bugungi kunda  O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi hamda shartnomaviy qo‘mitalariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda.  

Bundan tashqari, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.  

– Prezident qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi” tasdiqlanib, uning asosiy maqsad va vazifalari belgilab berildi, – deydi Navoiy davlat pedagogiki instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Xurshid Qurbonov. – Jumladan, dasturning asosiy maqsadi BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi qoidalari hamda inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish, shuningdek, aholi barcha qatlamlarining inson huquqlari, erkinliklari to‘g‘risidagi milliy va xalqaro standartlar to‘g‘risida xabardorligini, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir. Shu bilan birga yoshlarning inson huquq va erkinliklari sohasidagi xabardorligini hamda davlat organlari xodimlarining inson huquqlari, gender tenglik sohasidagi bilimini oshirish maqsad qilingan. Qolaversa, inson huquqlari sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalar, badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda inson huquqlari sohasida ta’lim-tarbiya tizimining samaradorligini oshirish hamda inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish asosiy vazifalar sirasiga kiritilgan.  

Davra suhbatida sudyalar talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.  

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA