Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson huquqlari kengashi 2026 yil uchun rahbarlikka indoneziyalik nomzodni yoqladi
10:50 / 2026-01-11

BMT Inson huquqlari kengashi indoneziyalik diplomat Sidxarto Rizo Suryodipuroni 2026 yil uchun prezident etib sayladi.

Qoidaga ko‘ra, prezident Jenevada tashkilotning 47 a’zo davlati tomonidan bir yilga tayinlanadi.

Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya ham kiradigan Osiyo-Tinch okeani guruhi tomonidan nomzod qilib ko‘rsatilgan Suryodipuro Shveysariya vakili Yurg Lauberning o‘rnini egallaydi. Indoneziya elchisi Kengash ishiga fevral oyi oxiri, iyun va sentyabr oylarida o‘tadigan uch sessiyada raislik qiladi.

Tuzilma a’zo davlatlarda inson huquqi bilan bog‘liq holatni nazorat qiladi. Bu jarayon Universal davriy sharh deb nomlanadi. Suryodipuro Indoneziya 20 yil oldin tashkil etilgan Kengash ishini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelganini ta’kidladi.

- 1945 yilgi Konstitutsiyamizga asoslangan nomzodlik qarorimiz Indoneziyaning jahon tinchligiga hissa qo‘shishini talab qiladigan BMT Nizomi maqsadi va tamoyiliga mos, - dedi u hamkasblariga.

Vitse-prezident lavozimiga saylangan ekvadorlik diplomat Marselo Vaskes Bermudes Lotin Amerikasi va Karib dengizi guruhidan yagona nomzod edi. Uni Boliviya va Kuba qo‘llab-quvvatlamagani e’tiborga molik.

S.Rahimov, O‘zA