Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati hodimlari tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik holatlarining oldini olish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yil yanvar oyining 15 kunida o‘tkazilgan “Tig‘” maxsus-profilaktik tadbiri davomida inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan 464 ta (386 ta pichoq, 2 ta kastet, 1 ta bita va 75 ta boshqa) turli ko‘rinishdagi o‘tkir tig‘li jism muomaladan olingan.
Viloyat IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hodimlari tomonidan shu vaqt davomida 9 ta jinoyat fosh etilib, 9 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. Shuningdek, 1 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro topilib, 95 ta ish va yashash joyi noaniq bo‘lgan shaxslar reabilitatsiya markazlariga joylashtirildi.
Bundan tashqari, mayda bezorilik sodir etgani uchun 501 nafar, jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilgan 3 ming 836 nafar shaxs aniqlanib, tegishli chora ko‘rildi. Bu kabi maxsus sa’y-harakatlar davom etmoqda. Soha mutaxassislari aholi bilan muntazam profilaktik tushutirishlar o‘tkazib, qonunga xilof ishlarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
A. Musayev, O‘zA.