Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson bir-biriga suyanchiq bo‘lsa, jamiyat ravnaq topadi
12:17 / 2025-11-21

Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Chimqo‘rg‘on mahallasida “Inson – insonga ko‘makchi” shiori ostida navbatdagi maslahatdoshlik va rivojlantiruvchi (kouching) o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Unda markaz xodimlari, hamkor tashkilotlar vakillari, mahalla faollari hamda ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar ishtirok etishdi. Tadbir mahallaning ijtimoiy ruhini mustahkamlash, odamlar orasidagi hamdardlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga markazning faoliyati, vazifalari va aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘liq ma’lumot berildi. Markaz mutaxassislari fuqarolarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarib, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibi va amaliy yordam olish yo‘llarini batafsil tushuntirishdi. Ayniqsa, aholi muammolariga nisbatan samimiy munosabat va ochiq muloqot tadbir mazmuniga yanada jozibadorlik qo‘shdi.

Tadbirning eng ta’sirli qismi psixologlar tomonidan o‘tkazilgan ruhni uyg‘otuvchi va jonlantiruvchi (enerjayzer) mashqlar bo‘ldi. Ushbu mashg‘ulotlar ishtirokchilarda ruhiy yengillik, ichki barqarorlik va ijobiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Jamoaviy mashqlar jarayonida fuqarolar o‘zaro yaqinlashib, bir-birini tushunish va qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati yana bir bor yaqqol namoyon bo‘ldi.

Tadbir nufuzini oshirgan yana bir jihat – faol ishtirokchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanganidir. Bu nafaqat ularning mehnatiga munosib e’tirof, balki jamoatchilikda faol fuqarolik pozitsiyasini rag‘batlantirishga qaratilgan qadam sifatida qimmatlidir.

Yuksak ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatga ega bunday o‘quv-maslahat tadbirlari aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy xizmatlardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, eng muhimi, insonlar qalbida ruhiy yengillik va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.  

Insonning insonga ko‘mak berishi orqali jamiyatda mehr, ishonch va o‘zaro tushunish muhiti kengayib, har bir xonadonga quvonch va barqarorlik kirib boradi.

E’tiborlisi, bu kabi tadbirlar tumanning boshqa mahallarida ham belgilangan jadval asosida o‘tkazilishi rejalashtirilganidir.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri