Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson a’zolari va to‘qimalarini olish maqsadida odam o‘g‘irlash uchun javobgarlik bor
14:14 / 2022-06-13

“Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandan so‘ng ko‘plab yurtdoshlarimiz tomonidan buyrak va jigar transplantatsiyasi masalasida murojaatlar soni ortgan.

Shu sababli “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun tayyorlangan.  

Senat yalpi majlisida muhokama etilgan mazkur qonunda transplantatsiya sohasida qonunchilik normalarini buzganlik uchun Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga, shuningdek, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.  

Jumladan, inson a’zolari va to‘qimalarini olish, transplantatsiya qilishning belgilangan shartlari hamda tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.  

Shuningdek, vafot etgan odamning a’zolarini yoki to‘qimalarini u tirikligida uning roziligini olmay turib, ilmiy yoki ta’lim maqsadlarida buzilmaydigan holda saqlash uchun olganlik, inson a’zolarining va to‘qimalarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullaganlik, insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqqanlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.  

Bundan tashqari, ko‘pchilikni xavotirga solayotgan inson a’zolari va to‘qimalarini olish maqsadida odam o‘g‘irlaganlik yoki odam savdosi bilan shug‘ullanganlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda. 

N.Abduraimova, O‘zA