English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Insofsiz raqobat va noto‘g‘ri reklama uchun chora ko‘rildi
14:11 / 2025-12-12

Raqobat va reklama siyosati sohasida qonuniylikni ta’minlash, bozor ishtirokchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish muhim hisoblanadi. Ayniqsa, kompaniyalar o‘rtasidagi bahslarda reklama odob-axloq me’yorlarini buzmaslik va raqibning ishchanlik obro‘siga putur yetkazmaslik — bozor barqarorligining asosiy shartlaridan.

Raqobat qo‘mitasiga “BYD UZBEKISTAN FACTORY” MCHJ QK murojaat qilib, “GASGO OIL” MCHJ QK tomonidan insofsiz raqobat va noto‘g‘ri reklamaga yo‘l qo‘yilganini ma’lum qilgan.

Mazkur murojaatda, “GASGO OIL” MCHJ QK o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirgan reklama roliklarida “BYD” brendiga nisbatan axloqsiz munosabatda bo‘lgani va brendini obro‘sizlantirishga olib keluvchi lavhalardan foydalangani natijada “BYD UZBEKISTAN FACTORY” MCHJ QKning ishchanlik obro‘siga zarar yetkazilgani bildirilgan.

“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasida reklamada o‘zga shaxslarning tovar(xizmat)larini kamsitish, badnom qilish taqiqlanishi belgilab o‘tilgan.  

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “GASGO OIL” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Raqobat qo‘mitasining ushbu qarori har bir kompaniya reklamada ham odobga, ham qonunga amal qilishi kerakligini eslatib qo‘ydi.  

Nigora Rahmonova, O‘zA