Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Insholar tanlovi g‘oliblari
17:30 / 2023-11-24

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan diniy ta’lim muassasalari talabalari orasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilib, muntazam ravishda turli tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi tanlov Buxoro shahridagi “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida o‘tkazildi. “Musulmon sharqida ilm-fan rivoji va hozirgi zamon” mavzusidagi insholar tanlovida qirqqa yaqin talaba ishtirok etdi.    

[gallery-14763]

Tanlovda 1-o‘rinni 2-bosqich talabasi Nargiza Usmonjonova, 2-o‘rinni 1-bosqich talabasi Oygul Evatova, 3-o‘rinni 3-bosqich talabasi Fotima Turobovalar qo‘lga kiritishdi. Insholar tanlovi g‘oliblariga sertifikat, pul mukofotlari, hadyalar hamda “Buyuk ajdodlarimiz”, “O‘zbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi” jurnallari taqdim etildi.  

Tanlovdan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun mohiyati va ahamiyati” mavzusida davra suhbati ham bo‘lib o‘tdi. Unda Konstitutsiya yangi tahririning xalqimiz hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.  

 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),  

O‘zA muxbirlari