FOTOREPORTAJ
“Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzuidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi yakunlandi.
Tanlovda tuman va shahar bosqichlarida saralangan 7–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy merosiga tayangan holda o‘z ma’naviy dunyosi va ijodiy salohiyatini namoyon etdi.
[gallery-27509]
Yakunda g‘olib va sovrindorlar tantanali marosimda taqdirlandi. Birinchi o‘rin Sariosiyo tumanidagi 4-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Ruhshona Hamzaqulovaga nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda Termiz shahridagi 12-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Sarvinoz Xursandova hamda Boysun tumanidagi 34-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Durdona Nuriddinova egalladi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev ishtirok etib, yosh ijodkorlarni tabrikladi va ularga omad tiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA