Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inoqlikda “Mahalla servis kompaniyasi” ish boshladi
17:11 / 2025-07-24

FOTOREPORTAJ

Prezidentimizning “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ularning qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Guliston tumani “Inoqlik” MFYda namunaviy “Mahalla servis kompaniyasi” tashkil etildi.

Bundan maqsad kompaniya mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, aholi farovonligini ta’minlash, kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, eng asosiysi, mahalla fuqarolarini o‘z yashash hududlarini asrab-avaylashga keng jalb etishdan iborat. 

[gallery-24451]

“Mahalla servis kompaniyasi” 12 turdagi zamonaviy texnik jihozlar, maxsus vositalar hamda 2 dona kabinali elektr motoroller bilan ta’minlandi. Kompaniya o‘z oldiga mahalla ko‘chalarini tartibga keltirish, xonadonlar atrofiga obodlik bag‘ishlash, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, mavjud yashil hududlarni saqlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish, shuningdek, kommunal xizmatlar va aholi o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni asosiy vazifa qilib belgilagan.

Yangi servis kompaniyasi ishga tushirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Uyg‘un Hotamov, shuningdek, mahalla nuroniylari, faollar, keng jamoatchilik qatnashdi. 

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA