Poytaxtimizda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "InnoWeek.uz – 2023" xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazilmoqda.
Haftalik doirasidagi ko‘rgazmalarda mahalliy, xorijiy tashkilot va korxonalarning turli xildagi ishlanma hamda innovatsion texnologiyalari namoyish etilmoqda.
– Kompaniyamiz robotatexnika to‘plamlarini ishlab chiqaradi. To‘plamlar 1-sinfdan 11-sinfgacha mo‘ljallangan, hozirgi vaqtda uni o‘qitish qo‘llanmalarini ham o‘zbek tiliga tarjima qilganmiz. Vazifamiz ustozlarni shu yo‘nalishda bepul tayyorlab, sertifikat berish. Hozirda Farg‘ona viloyati tumanlaridagi 19 ta Barkamol avlod bo‘limlari kompaniyaning to‘plamlarini sotib olgan va ustozlarni o‘qitishni boshlaganmiz, – deydi Farg‘ona viloyati Yoshlar innovatsiya markazidan kelgan, “RED” kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili Furqat Usmonov. – Ma’lumot o‘rnida aytishim mumkin, ayni paytda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Ozarbayjon ham mana shu to‘plamlardan foydalanilmoqda.
– O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lib, ko‘rgazmada markaz tomonidan tarjima qilingan va tashkil qilingan adabiyotlar bilan ishtirok etmoqdamiz. Bular arab va boshqa xorijiy tildagi ilk bosma va tosh bosma asarlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilingan, – deydi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy xodimi Behzod Ibragimov. – Masalan, Qur’oni Karim sharhlari, Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asari va boshqa allomalarning hayoti va ijodi bilan bog‘liq qo‘lyozmalardan tarjima qilingan va tadqiq etilgan asarlarni jamlab, namoyish etyapmiz.
"InnoWeek.uz – 2023" xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bilan bog‘liq lavhalarni quyida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/mKK2ztllBgY" title="“InnoWeek.uz – 2023": innovatsion texnologiyalar va ishlanmalarni namoyish etayotgan haftalik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
O‘zA