English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“InnoWeek-2023": Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi
16:21 / 2023-10-13

2023 yilning 16-20 iyul kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek-2023" innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur haftalikning bosh maqsadi – xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar o‘rtasida Yangi O‘zbekistondagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi islohotlar, ularning mohiyati, mamlakatimizda vujudga kelayotgan mutlaqo yangi innovatsion rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida fikr almashishdan iborat.

Haftalik doirasidagi tadirlarda 20 dan ziyod mamlakatdan 250 dan ortiq oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasi bo‘yicha ekspertlar ishtirok ishtirok etishi kutilmoqda. Janubiy Koreya, Germaniya, Malayziya, Rossiya hamda Eron Islom Respublikasi kabi mamlakatlarning 90 ga yaqin innovatsion korxonalari jalb etilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan “InnoWeek-2023" innovatsion g‘oyalar haftaligiga bag‘ishlangan press-konferensiyada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova hamda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev tomonidan tadbirga tegishli ma’lumotlar taqdim etildi. 

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida tashkil qilinayotgan haftalik “Yoshlar”, “Startaplar”, "Ilm-fan va tijoratlashtirish”, “Kreativ ta’lim” yo‘nalishlarida tashkil qilinmoqda. Haftalik nafaqat Toshkent shahrida , balki respublikaning barcha hududlarida ham o‘tkaziladi.

Bir hafta davomida talabalar shaharchasidagi “Alpomish” muz .saroyida “InnoWeek 2023" innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada "Ilm-fan va tijoratlashtirish loyihalari”, “Yoshlar akademiyasi”, “Startap loyihalar”, “Kreativ ta’lim” va “Xorijiy davlatlar” stendlarida 150 ga yaqin tashkilotlar 200 dan ziyod innovatsion mahsulotlari bilan ishtirok etadi. Bundan tashqari, vazirlik binosining ko‘rgazmalar zalida Kuzgi tijoratlashtirish forumi doirasida ko‘rgazma tashkil etiladi. Unda Bahorgi tijoratlashtirish forumida tanlov orqali saralab olingan, tarmoq muammosi yechimiga qaratilgan tijoratlashtirish hamda startap loyihalari ishtirok etishi kutilmoqda.

16 oktyabr kuni Inno texnoparkda O‘zbekiston-Eron ishbilarmonlar forumi hamda vazirlik binosida Eron va O‘zbekiston o‘rtasida innovatsiyalar va texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha quyi qo‘mita yig‘ilishi o‘tkaziladi. 

17 oktyabr kuni Haftalikning rasmiy ochilish marosimi tashkil etiladi.

“InnoWeek-2023" xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining birinchi kuni – “Yoshlar kuni”da MDH davlatlari yosh olimlarining “Yoshlar innovatsiya tarafdori” shoiri ostidagi birinchi kongressi tashkil etiladi. MDH davlatlari yosh olimlarining “Yoshlar innovatsiya tarafdori” shoiri ostidagi birinchi kongressida tashkilotga a’zo Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston davlatlarining innovatsiya sohasiga mas’ul vazirliklarning yoshlar innovatsiyasi bo‘yicha faoliyat yurituvchi 35 yoshgacha bo‘lgan yosh xodimlari hamda yosh olim, startapchi hamda tadqiqotchilar ishtirok etadi. Kongress doirasida har bir davlatda ilm-fan va innovatsion faoliyatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar almashish, shuningdek, MDH davlatlari doirasida mazkur yo‘nalishda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinadi.

18 oktyabr – Haftalikning ikkinchi “Startaplar” kunida Germaniya, Janubiy Koreya, Italiya va BAA mamlakatlari ekspertlari ishtirokida “Startup Pitch”, “O‘zbekiston-Koreya startap kuni”, “Eng muvaffaqiyatli startaplar o‘rtasida Demo day” tadbirlari tashkil qilinadi.

Shuningdek, “InnoWeek-2023"da boshqa bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA