English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
InnoWeek – 2019: BMT bilan hamkorlikda Innovatsiyalar va texnologiyalar transferida intellektual mulkning ahamiyati muhokama etildi
22:48 / 2019-10-30

InnoWeek innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “Innovatsiyalar va texnologiyalar transferida intellektual mulkning ahamiyati” mavzusida mintaqaviy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir Innovatsion rivojlanish vazirligi va Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi tomonidan tashkil etildi.


InnoWeek innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “Innovatsiyalar va texnologiyalar transferida intellektual mulkning ahamiyati” mavzusida mintaqaviy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir Innovatsion rivojlanish vazirligi va Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi tomonidan tashkil etildi.

Mintaqaviy seminarda innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi (OTTTM) rahbari Michiko Enomoto xonim hamda Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktori, Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazining Oʻzbekistondagi rasmiy vakili Shahobiddin Sharifov soʻzga chiqdi.

Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi (OTTTM) – BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO)ning hududiy tashkiloti boʻlib, Osiyo va Tinch okeanidagi davlatlarning kichik va oʻrta biznes korxonalariga texnologiyalar transferi bilan shugʻullanadi. Mazkur seminar markazning faoliyatini jamoatchilik va manfaatdor tashkilotlarga tanishtirishni ham oʻz oldiga maqsad qilgan.

Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar barqaror iqtisodiy rivojlanish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosi hisoblanadi. Intellektual mulk texnologiyalar transferi jarayonining muhim boʻgʻini boʻlib, u innovatsion mahsulotlar yaratish, biznes jarayonlarni jadallashtirishga xizmat qiladi. Intellektual mulk innovatsion texnologiyalarni bozorga olib chiqishni yengillashtiradi, shuningdek, intellektual mulkka egalik qiladigan ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlarning raqobatbardoshligini oshiradi. Intellektual mulkka patentlar, turli uslublar, tovar belgilari, tijorat sirlari, sanoat namunalari, mualliflik huquqi, joʻgʻrofiy koʻrsatkichlar kiradi.

Seminarda intellektual mulkning ahamiyatini inobatga olgan holda, ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning rivojlanishi muhokama etildi. Tadbir ishtirokchilari intellektual mulk siyosatini yurgizish, bu sohadagi ilmiy-texnik tadqiqotlar va boshqaruv masalalarida, shuningdek, texnologiyalar transferi va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishni yengillashtirish boʻyicha fikr va tajriba almashdi.