Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Innovatsion rivojlanish vazirligi soliq kreditlari joriy etilishini taklif etdi
11:07 / 2019-10-15

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Davlat soliq qo‘mitasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari ishtirokida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Davlat soliq qo‘mitasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari ishtirokida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzaev va qo‘mita mutaxassislari ishtirokchilarga yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Bank-moliya akademiyasi professor-o‘qituvchilari yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha fikr almashdi. Jumladan, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash dolzarbligi, tizimdagi hozirgi tartiblar tadbirkorlik sub’ektlarining uzoq muddatli biznes rejalari tuzishda qiyinchiliklarga duch kelishiga sabab bo‘layotgani, yashirin iqtisodiyotni kamaytirish mexanizmini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan soliq qonunchiligiga soliq krediti amaliyotini joriy etish bo‘yicha bir nechta takliflar ishlab chiqilganini qayd etildi. Jumladan, soliq to‘lovlarini keyinchalik bo‘lib-bo‘lib foizi bilan qaytarish orqali uni kamaytirishni nazarda tutuvchi “investitsiyaviy soliq kreditlari” institutini joriy etish taklif qilindi. Bu tadbirkorlik sub’ektlarining ixtiyorida bo‘sh pul mablag‘lari qolishiga va soliq islohotlari sharoitida ishbilarmonlik va tadbirkorlikni rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.