Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Innovatsion rivojlanish vaziri taqdirlandi
15:10 / 2022-06-07

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro ilm-fan tashkilotlari ittifoqi (ANSO), Xitoy xalqaro madaniy almashuv markazi (CICEC) va Xalqaro xalq jurnali (GPM) tomonidan «Ipak yo‘li do‘stligi» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Ibrohim Abdurahmonovning nomzodi o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi va pandemiya vaqtida zarur bo‘lgan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishdagi yuqori darajadagi rolini inobatga olgan holda mingdan ortiq nomzodlar orasidan tanlab olingan.

O‘zA