Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Innovatsion rivojlanish bo‘yicha yana besh viloyatga mas’ullar tayinlandi
11:48 / 2021-05-06

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 1 apreldagi «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyat rivojlantirilmoqda.

Shu yo‘nalishdagi ishlarni samarali olib borish maqsadida Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshliqlari tayinlanmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligidan ma’lum qilishlaricha,

Musayev Mansur Abdukarim o‘g‘li – Jizzax viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i;

Xolboyev Shahobiddin Abduadizovich – Navoiy viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i;

Mardonov Nurmuhammad Zayniddinovich – Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i;

Kichkilov Sherxon Hamzayevich – Surxondaryo viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i;

Yunusov Ziyodbek Alisherovich – Farg‘ona viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi hududiy boshqarmalari vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalarning hududlardagi ijrosini ta’minlaydi.