FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “INNO” texnoparkida oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar, xususiy sektor vakillari, shuningdek, tadqiqotchi hamda yosh startapchilar uchun amaliy seminar boshlandi.
Ma’lumki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (“MUNIS”) loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Research Commercialization Program (RCP)” tanlov grant dasturini e’lon qilish rejalashtirilgan.
Mazkur dasturni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish hamda potensial talabgorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan seminarda Jahon Banki xalqaro maslahatchilari RCP dasturi, arizalarni topshirish, ularni ko‘rib chiqish tartibi hamda grant shartlari va talablari haqida ma’ruzalar tinglanadi, Q&A sessiyalari bo‘lib o‘tadi.
[gallery-14908]
O‘zA fotomuxbiri Otabek MIRSOATOV olgan suratlar