Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Innovatsion loyihalar namoyishi
16:36 / 2022-10-11

Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi.

Toshkent viloyati hokimligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada ilm fan va innovatsion texnologiyalar mahsulotlari ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, "Olmaliq KMK" AJ Boshqaruv raisi Abdulla Xursanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova va mas’ul tashkilotlar mutaxassislari qatnashdi. Ishtirokchilar import qilinayotgan, mahalliylashtirilgan mahsulotlar namunalari, innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Qayd etish lozimki, OKMKda 2021 yilda mahalliylashtirish Dasturiga asosan 87 ta loyiha doirasida 217,2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja 134,6 foizga bajarilgan. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida mazkur Dastur bo‘yicha 222,7 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlandi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 149,7 foizni tashkil etdi. Hozir jami 32 ta yangi turdagi loyihalar bo‘yicha 49 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Shuningdek, OKMKda tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish bo‘yicha ham samarali ishlar bajarilmoqda.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish doirasida hamda import hajmini qisqartirish maqsadida jami 1,1 trillion so‘mlik mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Import mahsulotlari hajmini maqbullashtirish bo‘yicha tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish natijasida hisobot davrida 65,2 million dollarga import hajmi qisqartirildi. Yil yakuniga qadar esa 88,1 million dollarga qisqartirilishi kutilmoqda.

Ilm-fanni ishlab chiqarishga integratsiyasi natijasida OKMKda 2019 yilda palladiy metallini, 2021 yilda esa reniy metallini sof holda olinishiga erishildi. Shu bilan birga 2022 yil iyul oyida molibden metalli sof holda olindi, iyul oyida esa platina metallini ishlab chiqarish texnologiyasi uchun mualliflik huquqi qo‘lga kiritildi.

Yarmarka mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarning qo‘shma loyihalarini amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini tashkil etish va ichki bozorda yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni mahalliylashtirishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Yarmarka ikki kun davom etadi.

A. Musayev, O‘zA.