Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Innovatsion loyiha – samaradorlik omili
06:30 / 2025-11-12

FOTOREPORTAJ

Kon-metallurgiya sanoatining ravnaqi va qudrati ilg‘or texnologiyaga ega bo‘lishi bilangina emas, balki uni muttasil takomillashtirish jarayoni hamda kadrlar salohiyatiga ham bog‘liq. Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi bosqichida yangi innovatsion g‘oyalarga asoslangan strategik loyihalar joriy etilayotgani o‘z samarasini bermoqda. 

2017–2026 yillar mobaynida qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan dastur doirasida 3-gidrometallurgiya zavodida  qator istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. “Qoqpatas” va “Dovg‘iztov” konlarining ma’danlaridan oltin ajratib olish texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan Filtrlash, quritish va kuydirish sexi ana shular jumlasidan. 

Sex qurilishi 2017 yil sentyabr oyida Zarafshon qurilish boshqarmasi va “Element qurilish” korxonasi tomonidan boshlangan. Majmuani loyihalashtirishda olimlar va muhandislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlardan keng foydalanildi. “O‘zgeorangmetliti” instituti hamda Germaniyaning “ENGINEERING DOBERSEK” kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqildi. Umumiy qiymati 114 million yevro mablag‘ evaziga bunyod etilgan yuqori texnologik majmua 2019 yilning avgustida foydalanishga topshirildi.

[gallery-26188]

Yuqori texnologik yechimlarga ega ushbu majmua 3-gidrometallurgiya zavodiga keltirilayotgan xomashyodan foydalanish samaradorligini 8 foizgacha, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini 11 foizgacha oshirishga zamin yaratdi. Bu yerda 200 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Sex filtrlash, quritish, granullash, kuydirish, gazni tozalash, maydalash, oraliq ombor, suv ta’minoti va sovutish minorasi, havo ishlab chiqarish va kompressor stansiyasi singari o‘ndan ortiq tarmoqlardan tashkil topgan. 

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA