English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inkubatsiya va akseleratsiya markazi talabalarning yaqin ko‘makchisi
14:59 / 2022-02-28

Navoiy davlat pedagogika institutida “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi” o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, jumladan, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, «Besh tashabbus» loyihasini amalga oshirish doirasida 2022 yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o‘qitish markazlarini ochish belgilangan edi.

Ushbu markaz zamonaviy o‘quv xonasi va kompyuterlar, zarur AKT jihozlari bilan ta’minlangan. Endilikda talabalar o‘z g‘oyalari va loyihalarini to‘siqlarsiz amalga oshirishlari, ustoz-murabbiy va mutaxassislar yordamida innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

– Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning 3-yo‘nalishi sifatida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish Inkubatsion markazning asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan, – deydi institut rektori Bahodir Sobirov. – Inkubatsiya markazi faoliyati doirasida talabalar uchun turli maslahat, musobaqa va seminarlar o‘tkazish, talabalarning vaqtini samarali va sifatli o‘tkazishiga yordam berish, ularning startap loyihalarini shakllantirish, innovatsiyalar sohasidagi yoshlar tashabbuslarini aniqlash, jamoalarini qo‘llab-quvvatlash, talabalar, doktorantlar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish ham rejalashtirilgan.

Inkubatsiya markazida talabalar o‘z g‘oyalari, loyihalarini to‘siqlarsiz amalga oshirishi, ustoz-murabbiy va mutaxassislar yordamida innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tadbirda institut talabalari tomonidan tayyorlangan startap loyihalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA