Inklyuziv ta’lim olayotgan bolajonlar uchun «Yangi yil sarguzashtlari» deb nomlangan bayram dasturi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Psixologiya va sotsiologiya” kafedrasi tomonidan ishlab chiqildi.
Ustozlar va talaba-yoshlar bu ishga alohida mas’uliyat bilan yondashib, imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun dastur tayyorladilar. Sahnadagi aktyorlar ham ruhshunos talabalardir. Sodda va ular tushunadigan tilda voqealarni rivojlantirib, qiziqarli, sarguzashtlarga boy sahna ko‘rinishi va ertak qahramonlari orqali ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasini, atrofdagilarga doimo yaxshilik ulashish kerakligini namoyish qilib berdilar.
Toshkent shahridagi 25-sonli ilm maskani alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolajonlar uchun ixtisoslashtirilgan bo‘lib, O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan amaliy-psixologik yordam ko‘rsatib kelinadi. Bu yerda yosh olimlar bola ruhiyatini o‘rganishlari barobarida, iklyuziv ta’limni takomillashtirish borasida ham ilmiy izlanishlar olib borishadi. Aynan shunday tadbirlar o‘tkazish orqali ham to‘plangan tajribalarni kelgusida ushbu yo‘nalishdagi muassasalarda ommaviylashtirishga zamin bo‘ladi.
Bolajonlar yangi yil sarguzashtlarini miriqib tomosha qilganlaridan so‘ng, ularga universitet jamoasi tomonidan tayyorlab qo‘yilgan bayram sovg‘alari ulashildi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/VklPt8ZUZCM" title="Inklyuziv “Yangi yil”dasturi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA