Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inklyuziv va raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha hamkorlik
10:30 / 2023-09-07

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilishicha, unda tomonlar  mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu bilan birga, Jahon bankining istiqbolli loyihalari hamda DPO-6 ni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashgan.  

Qayd etilganidek, DPO-6 (Development Policy Operation) bu – mamlakatning inklyuziv va raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tishini tezlashtiradigan muhim iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishini qo‘llab-quvvatlash uchun Jahon banki tomonidan beriladigan past foizli imtiyozli kredit hisoblanadi.    

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida urbanizatsiya va yer islohoti dasturlarini ishlab chiqish hamda mavjudlarini takomillashtirish,  xususan, suv tanqis bo‘lgan hududlarda muammolarni bartaraf etish, suv yer ostiga sizib ketayotgan kanallarni ta’mirlash masalalariga ahamiyat qaratildi.  

Uchrashuv yakunida tomonlar yuqorida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.  

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA