Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inklyuziv ta’lim uchun “to‘siqsiz muhit”
16:28 / 2025-10-25

Inklyuziv ta’lim sinflari tashkil etilgan maktablarni “To‘siqsiz muhit” talablariga moslashtirish hamda nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonlarning samarali va sifatli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Romitan tumanidagi 1-umumta’lim maktabida amaliy-seminar tashkil etildi.

Seminarda tuman va shahar maktabgacha hamda maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari, shuningdek, mas’ul xodimlar ishtirok etdi. 

Ishtirokchilar “To‘siqsiz muhit” talablariga mos holda yaratilgan sharoitlar, o‘quv sinflari va maxsus jihozlar bilan bevosita tanishdi. Seminar davomida amaliyotdagi ijobiy tajribalar tahlil qilindi. Inklyuziv ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish, pedagoglarning malakasini oshirish va nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun qulay muhitni kengaytirish bo‘yicha bir qator tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.