Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inklyuziv ta’lim – teng imkoniyat demak
18:16 / 2025-12-18

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Inklyuziv ta’lim: nutq nuqsonlarini bartaraf etishda zamonaviy o‘yinlarning ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50 moddasiga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi. Boshqacha aytganda, Bosh Qomusimizdan o‘rin olgan bu insonparvar norma, har bir bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini teng ta’minlashga xizmat qiladi. 

Yangiqo‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli logoped guruhlar mavjud bo‘lgan 3-, 4-, 5-, 7-, 8-, 32-, 40-, 41-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining logoped o‘qituvchilari tomonidan tashkillangan mazkur seminarda sohaning viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan logoped-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 

Dastavval, mavzu doirasida musiqa va logoritmik vositalar, o‘yinlar yordamidagi ritmik tarbiya mashg‘uloti taqdim etildi. Ushbu uslub bolalardagi nutq nuqsonini bartaraf etishning eng samarali yo‘li ekanligi ta’kidlandi. Tadbir davomida duduqlanishni keltirib chiqaruvchi irsiyat, noto‘g‘ri tarbiya, jismoniy zaiflik, taqlid hamda qo‘rquv, shuningdek, yuqumli va nevrologik kasalliklar orqali eng ko‘p kuzatiladigan omillar, ularning tashvishli oqibatlari tahlil qilindi. 

Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida bolaning harakat, muvozanat, diqqat, nutq va hissiy rivojlanishi uchun asosiy baza hisoblanuvchi sensor integratsiyaga alohida ahamiyat qaratildi. Bolaning ko‘rish, eshitish, ta’m va had bilish tizimlarining buzilishi bilan bog‘liq muammolarga yechim izlandi. Yangi tajribalar o‘rtaga tashlandi. Defektologlarning ushbu seminarga doir natijalari tahlil qilindi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.