Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inklyuziv ta’lim rivojlanmoqda
17:54 / 2025-09-29

Yurtimizda inklyuziv ta’lim rivojlanmoqda. Buning uchun so‘nggi yillarda ko‘plab resurslar jalb etilib, islohotlar ketma-ketligi amalga oshirilmoqda. Bunda xalqaro aloqalar ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, bugun ham mamlakatimizga Xalqaro inklyuziv habga East London University RIX Institute (Buyuk Britaniya) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu universitet inklyuziya va raqamli imkoniyatlar sohasida yetakchi tadqiqot markazi bo‘lib, Universal Design for Learning (UDL) tamoyillarini qo‘llagan holda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ta’lim va ijtimoiy hayotga jalb qilish uchun amaliy vositalar va metodikalarni ishlab chiqadi.

Hamkorlik doirasida ko‘rib chiqiladigan muhim masalalar sifatida quyidagilar qayd etilgan:

ta’lim dasturlarining kompleks tahlili;

ta’lim dasturlari va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

amaldagi huquqiy bazani baholash va qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

mutaxassislar uchun treninglar o‘tkazish va xalqaro sertifikatlash;

yakuniy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan konsolidatsion hujjat (White Paper)ni tayyorlash.

Mazkur universitet bilan aloqa o‘rnatish orqali xalqaro standartlar va amaliy vositalarni joriy etish, shuningdek, respublikada inklyuziv professional ta’lim tizimini yanada isloh qilishga erishiladi.

Ko‘rinib turibdiki, ushbu tashrifning maqsadi yurtimizda inklyuziv professional ta’limga oid yirik loyihalarni amalga oshirishdan iborat. Bu esa soha rivoji uchun ulkan qadam bo‘ldi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Sherbek Islomov

O‘zA