Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inklyuziv ta’lim markazi ish boshladi
16:58 / 2021-12-01

Termiz shahridagi Yoshlar markazida zamonaviy inklyuziv ta’lim markazi foydalanishga topshirildi.

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi ta’lim markazining ochilish marosimida keyingi yillarda mamlakatimizda nogironligi bor yoshlarning ta’lim olishi,intellektual rivojlanishi va o‘z salohiyatini keng namoyish etishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilayotgani ta’kidlandi.


3 dekabr- Xalqaro nogironlar kuni arafasida ish boshlagan yangi ta’lim markazida bolalar, o‘smirlar va yoshlarning ijodiy qobiliyatini shakllantirish, ularning intellektual axloqiy va jismoniy rivojlanishga bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlarini qondirish sog‘lom va xavfsiz turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish uchun barcha qulaylik yaratilgan.


- Bu maskanda inklyuziv ta’lim ommalashtirilib, nogironligi bor yoshlar kasbga yo‘naltiriladi,-deydi yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Jamshidjon Choriyev.- Bolalikdan hayotga moslashtiriladi. Noyob qobiliyatlarini namoyish etishga imkoniyat yaratiladi. Nogironligi bo‘lgan yoshlar va bolalarning ijtimoiy hayotga integratsiya qilish jarayonlari qo‘llab-quvvatlanib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashiladi.


Markazda imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun tikuvchilik, to‘quvchilik, biser, gilamdo‘zlik, kashtachilik, rassomchilik va naqqoshlik kabi kasb-hunar kurslari faoliyat yuritadi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yoshlar va ularning ota-onalari uchun tajribali mutaxassislar psixologik treninglar tashkil etadi.

 

 Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA