French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inklyuziv ta’lim istiqbollari
11:35 / 2025-05-22

Har bir bola, jumladan nogironligi bor o‘g‘il-qiz ham sifatli ta’lim olish huquqiga ega. Inklyuziv ta’lim — bu barcha bolalarni, ularning imkoniyatlari, ehtiyojlari va o‘ziga xosliklaridan qat’i nazar, umumiy ta’lim tizimida qamrab olishni nazarda tutadi. Bugungi kunda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, inson huquqlariga bo‘lgan e’tiborning ortishi inklyuziv ta’limni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilamoqda.

Inklyuziv ta’lim barcha o‘quvchilarga, jumladan, jismoniy, aqliy va sensor muammolari mavjud bolalarga teng ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimdir. Shu sababli, pedagoglar nafaqat an’anaviy ta’lim metodlariga, balki innovatsion pedagogik yondashuvlarga ham tayanishi lozim bo‘ladi. Aynan inklyuziv ta’lim muhitida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, zamonaviy tendensiyalar hamda ilg‘or xalqaro tajribalar tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlili shunga ko‘rsatadiki, bu sohadagi tadqiqotlar pedagogik innovatsiyalar, texnologik yondashuvlar va inklyuziv muhitni shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyili — bu teng imkoniyatlar tamoyilidir. Ushbu yondashuv bolalarni alohida ta’lim muassasalariga ajratmasdan, ularni umumiy ta’lim tizimiga qo‘shishni nazarda tutadi. Bu esa nafaqat nogironligi bor bolalar, balki boshqa kam imkoniyatli yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun ham katta imkoniyatlarni yaratadi.

Inklyuziv ta’lim orqali:

  • Barcha o‘quvchilar uchun teng sharoitlar yaratiladi;
  • Jamiyatda bag‘rikenglik, tolerantlik va o‘zaro hurmat kuchayadi;
  • Nogironligi bor shaxslarning jamiyatga integratsiyasi tezlashadi;
  • Ta’lim tizimida adolat va shaffoflik ta’minlanadi.

Xalqaro tajriba va tendensiyalar YUNESKO va BMT kabi xalqaro tashkilotlar inklyuziv ta’limni global miqyosda keng joriy etishni qo‘llab-quvvatlamoqda. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” (1948), “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” (2006), Salamanka deklaratsiyasi (1994) kabi xalqaro hujjatlar inklyuziv ta’limning huquqiy asosini belgilab bergan.

Ko‘plab davlatlar, jumladan Finlyandiya, Italiya, Yaponiya va Janubiy Koreya tajribasi shundan dalolat beradiki, inklyuziv ta’lim nafaqat ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi, balki ta’lim sifatini ham oshiradi.

O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning rivojlanish istiqbollariga kelsak, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish doirasida inklyuziv ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. 2020 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunlar inklyuziv ta’limni rivojlantirishga huquqiy zamin yaratdi.

Quyidagi istiqbollar qayd etiladi:

  1. Qonunchilikni takomillashtirish – inklyuziv ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yanada rivojlantirish.
  2. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlash – maxsus pedagogika, defektologiya va psixologik xizmat sohasida mutaxassislar yetishtirish.
  3. Maktab infratuzilmasini moslashtirish – inklyuziv muhitni yaratish uchun arxitektura, texnik va axborot texnologiyalarini moslashtirish.
  4. O‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish – inklyuziv ta’limga oid kompetensiyalar tizimini shakllantirish.
  5. Ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlik – inklyuziv yondashuvning ijtimoiy qabul qilinishi va amaliy qo‘llab-quvvatlanishi uchun targ‘ibot ishlarini kuchaytirish.

Muammolar va hal etish yo‘llari, O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirishda qator muammolar ham mavjud:

  • Maxsus ta’lim vositalari yetishmasligi;
  • O‘qituvchilarning tayyorgarligidagi kamchiliklar;
  • Jamoatchilikdagi stereotip va noto‘g‘ri qarashlar.

Ushbu muammolarni hal etish uchun davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi zarur.

Inklyuziv ta’lim bu — faqatgina ta’lim siyosati emas, balki insonparvarlik tamoyillariga asoslangan jamiyat qurishning yo‘lidir. O‘zbekistonda bu sohada muayyan yutuqlar mavjud bo‘lsa-da, uning barqaror rivojlanishi uchun uzoq muddatli strategiya, mustahkam tashkiliy-huquqiy baza va aholi ongini o‘zgartirishga qaratilgan kompleks yondashuv zarur. Inklyuziv ta’lim kelajakda barcha farzandlar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Inklyuziv ta’limni milliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, pedagoglarning tayyorgarligi, maxsus metodikalardan foydalanish va mahalliy resurslardan samarali foydalanish. O‘zbekiston sharoitida inklyuziv ta’limni keng joriy etish uchun davlat siyosati va o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonlari uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim.

Inklyuziv ta’limni milliy sharoitga moslashtirish masalalari pedagoglarning maxsus tayyorgarligi, o‘quv dasturlarining inklyuziv talablarga mosligi hamda ta’lim resurslarini optimallashtirish muhimldir Inklyuziv ta’limni joriy etishning samarali strategiyalarini aniqlash, pedagogik innovatsiyalarni rivojlantirish va milliy ta’lim tizimini takomillashtirishga yo‘naltirish. Shu bilan birga, tadqiqotlarda inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari, maktablarda pedagogik va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimlari hamda ijtimoiy omillarning ahamiyati tahlil qilinadi. O‘zbek olimlarining izlanishlari ko‘p tarmoqli hamkorlik, resurs markazlarini rivojlantirish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ilgari suradi. Xususan, inklyuziv ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi pedagoglar quyidagi kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi zarur:

Ya’ni kommunikavtiv ta’limda, inklyuziv ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning o‘quvchilar, ota-onalar, hamkasblar va boshqa ta’lim ishtirokchilari bilan samarali muloqot olib borish qobiliyati bo‘lishi shartdir. Ushbu ko‘nikmalar nafaqat axborot almashinuvi, balki pedagogik hamkorlik, o‘zaro tushunish va inklyuziv muhitni shakllantirish uchun muhim hisoblanadi. O‘qituvchi ta’lim ehtiyojlari turlicha bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida aniq, ravon va individual ehtiyojlarga mos kommunikativ usullardan foydalana olishi zarur. Shuningdek, samarali kommunikatsiya stressni kamaytirish, ijtimoiy integratsiyani mustahkamlash va inklyuziv sinf muhitida barcha ishtirokchilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi. Ushbu kompetensiyani rivojlantirish uchun o‘qituvchilar psixologik muloqot texnikalarini, faol tinglash, neverbal kommunikatsiya va konfliklarni boshqarish strategiyalarini o‘zlashtirishlari kerak.

Tashkiliy va muvofiqlashtiruvchi ko‘nikmalar deganda esa – inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish jarayonida o‘qituvchilarning jamoaviy ishlash, resurslarni samarali taqsimlash, ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish hamda ko‘p tarmoqli yondashuv asosida turli mutaxassislar bilan hamkorlik qilish qobiliyatini ifodalaydi. Bu ko‘nikmalar o‘qituvchiga o‘quv dasturlarini individual ehtiyojlarga moslashtirish, sinf muhitini boshqarish va pedagogik hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi. Samarali tashkiliy va muvofiqlashtiruvchi ko‘nikmalar orqali o‘qituvchi ta’lim muassasalari, ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, psixologlar, logopedlar va boshqa mutaxassislar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, inklyuziv muhitning izchil ishlashini ta’minlaydi. Bu esa nafaqat ta’lim sifati oshishiga, balki barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi.

Muhabbat Toshmurodova,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Xorijiy tillar ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi