Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni rivojlantirish” loyihasi doirasida “AELLCA” dasturiga asosan “Inklyuziv ta’lim targ‘ibotchilari — ingliz tilini o‘qitishda inklyuzivlikni ta’minlashga qaratilgan modul yaratish” mavzusiga bag‘ishlangan uch kunlik seminar-treninglar tashkil etildi.
Treninglar davomida zamonaviy inklyuziv ta’lim konsepsiyalari, ELT (English Language Teaching) uchun inklyuziv modul mazmunini yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi va xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.
[gallery-27395]
Seminarlar xalqaro trenerlar tomonidan olib borilmoqda.
—Mashg‘ulot davomida modul mazmuni va baholash mezonlari qayta ko‘rib chiqilmoqda, – deydi Buyuk britaniyalik professor Franz Hoyeritzauyer Josef. – Shuningdek, barqaror ta’sir (samara) rejasini ishlab chiqish, mahalliy, milliy va xalqaro ta’limning ustuvor yo‘nalishlari uyg‘unligi, dizayn tafakkurining ta’limdagi samaradorligi baholanmoqda
Mazkur seminar professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’limda teng imkoniyatlarni ta’minlash va xalqaro ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Seminar yakunida faol ishtirok etgan barcha professor-o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat),
O‘zA muxbirlari