Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inklyuziv ta’limda mehr namoyon
19:09 / 2016-08-26

Urganch shahridagi 10-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’lim” loyihasini hayotga tatbiq etishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Urganch shahridagi 10-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’lim” loyihasini hayotga tatbiq etishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash boshqarmalari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari, “Kamalak” bolalar tashkiloti va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, alohida ehtiyojli bolalarning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlod kamoloti yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil ishlar doirasida alohida ehtiyojli bolalarni o‘qitish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlash, soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yoshlarning o‘z qiziqish va qobiliyati bo‘yicha bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishida mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ishtirokchilar “O‘zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’lim” loyihasining amalga oshirilishi jarayonida yoshlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan namunali ishlar bilan tanishdi.

– Ushbu loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad alohida ehtiyojli bolalarga teng va inklyuziv yondashuvni ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish va pedagoglar uchun inklyuziv ta’lim modullarini takomillashtirishdan iborat, – deydi viloyatdagi inklyuziv ta’lim bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi mutaxassis I.Qobulova. – Yurtimiz ta’lim muassasalarida ehtiyojli bolalarni o‘qitish uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

Seminarda loyihani hayotga tatbiq etish, inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, uni qo‘llab-quvvatlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlardan aholini xabardor etish, inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.