Inklyuziv sport – barcha uchun teng imkoniyatlar eshigi
Inklyuziv sport barcha fuqarolar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham jismoniy faollik va sport mashg‘ulotlarida erkin va to‘sqinliksiz ishtirok etish imkoniyatini yaratishga qaratilgan yondashuvdir.
Endilikda umumta’lim maktablari qoshidagi sport klublarida faoliyat yuritadigan sport-sog‘lomlashtirish guruhlari faqat maktab o‘quvchilari uchun emas, balki mahallada yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham ochiq bo‘ladi.
Maxsus inklyuziv sport guruhlari tashkil etilib, har bir fuqaro o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, sport bilan shug‘ullanish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.
Ushbu tashabbus Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolangan hujjatga muvofiq amalga oshiriladi.
Nigora Rahmonova, O‘zA