English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ingushetiya va Checheniston oʻrtasida maʼmuriy chegara oʻrnatildi
11:11 / 2018-09-27

“Vesti.ru”ning maʼlum qilishicha, Checheniston va Ingushetiya rahbarlari ikki respublikaning maʼmuriy chegaralari boʻyicha kelishuv imzolagan.


“Vesti.ru”ning maʼlum qilishicha, Checheniston va Ingushetiya rahbarlari ikki respublikaning maʼmuriy chegaralari boʻyicha kelishuv imzolagan. Hujjatga koʻra, Chechenistonning Nedterechniy va Ingushetiyaning Malgobek tumanlaridagi aholi istiqomat qilmaydigan hududlar teng almashinuvi oʻtkazilgan. 

Xabardagi iqtibosda hujjat imzolash marosimida Ingushetiya rahbari Yunusbek Yevkurov ayni lahzalalar ikki respublika uchun ham tarixiy on ekanini aytib oʻtgan. 

Yunusbek Yevkurovning soʻzlariga koʻra, maʼmuriy chegara borasidagi kelishuvga ikki respublikaning aholi punktlari kirmagan. Balki, hududlarning togʻ-oʻrmon qismlari aniqlashtirib olingan. Ingushetiya va Checheniston oʻrtasida nazorat nuqtalari oʻrnatilmaydi.